Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Electric Saudiya Arabistoni bilan 15 mlrd dollarlik bitim tuzdi
AQShning General Electric (GE) kompaniyasi AQSh prezidenti Donald Trampning Saudiya Arabistoniga tashrifi vaqtida ushbu mamlakat bilan 15 mlrd dollarlik bitim tuzdi. Bu haqda "Ajil" elektron nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shartnoma imzolanishi Saudiya Arabistonining Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasining qirollikda 19 ta AQSh kompaniyasining ishlashiga ruxsat berilishi qarori doirasida bo‘lib o‘tdi. Ta'kidlanishicha, bu kompaniyalar Saudiya Arabistoni iqtisodiyotiga, jumladan, bank, aloqa, elektron texnologiyalar, logistika, qurilish, farmatsevtika sohalarida ishlovchi kompaniyalarga qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin.
Kutilishicha, Trampning Ar-Riyodga tashrifi vaqtida tomonlar neft sohasidagi hamkorlik haqida 22 mlrd dollarlik shartnoma imzolashadi.
Shuningdek, investitsion sohada hamkorlik haqidagi kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, qirollik AQSh infratuzilmasi rivojlanishiga 40 mlrd dollarlik sarmoya kiritadi.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo aylanmasi 142 mlrd dollarga yaqinni tashkil qilgan. AQSh Saudiya Arabistoniga eksport amalga oshiruvchi davlatlar orasida 1-o‘rinni egallaydi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026