Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ rossiyaliklarni 65 yoshgacha ishlashga chaqirmoqda
Rossiya hukumati pensiyaga chiqish yoshini ko‘tarishi kerak, deb hisoblamoqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi. Pensiya islohoti mehnat bozoridagi salbiy demografik tendensiyalarni yumshatishi mumkin edi, deyiladi XVJning yakuniy bayonotida. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Rossiya Pensiya jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda mamlakatdagi pensiya oluvchilar soni 43,3 mln kishini tashkil etgan. Joriy yilda bu raqam 43,9 millionga yetadi.
Avvalroq, "Vedomosti" gazetasi Strategik ishlanmalar markazi rahbari Aleksey Kudrin prezident Vladimir Putin uchun bu borada strategiyani taqdim etgani haqida yozgan edi. SIMga ko‘ra, 2019 yildan ayollarning nafaqaga chiqishini 63 yosh, erkaklarnikini 65 yosh deb belgilash kerak.
Bugungi kunda, Rossiyadagi ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan nafaqaga chiqadi. O‘tgan yilning may oyida qabul qilingan va 2017 yil 1 yanvaridan kuchga kirgan qonunda davlat va mahalliy hokimiyatlarida ishlagan mulozimlarning nafaqaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich 65 (erkaklar) va 63 yosh (ayollar) etib belgilash ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
18:33 / 17.07.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
10:42 / 17.07.2026
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40 / 17.07.2026
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49 / 17.07.2026