Jahon | 22:06 / 20.05.2017
5838
2 daqiqa o‘qiladi

Rosgvardiya ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuv olib boradi

Foto: Markus Brunner/ imagebroker.com/ Globallookpress

Ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash doirasida Rosgvradiya ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilish bilan shug‘ullanmoqchi. Buning uchun harbiy oliy ta'lim muassasalarida axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda matbuot-anjumanda Rosgvardiya direktori o‘rinbosari general-polkovnik Sergey Melikov ma'lum qildi.   

"Bugun biz rivojlantirishni istagan yo‘nalishlarni ko‘rmoqdamiz. Birinchi navbatda bu IT-texnologiyalardir", deb aytgan Melikov.

Birinchi navbatda, kuchlar ekstremistik va terrrorchilik oqimiga o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan radikal qarashlar tarafdorlarini qidirishga tashlanadi. 

"Bunday harakatlarning oldini olish uchun biz oldindan bila olishimiz lozim", deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Uning aytishicha, bugungi kunda tahdidlarni monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar Rosgvardiyada taqchildir. Melikovning ta'kidlashicha, agar ular yetarli darajada bo‘lganda, Rosgvardiyaning Naur stanitsasidagi 141-polkiga qilingan hujumlarga o‘xshash jinoyatlarning oldini olish mumkin bo‘lardi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid