Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni AQSh bilan 110 mlrd dollarlik mudofaa shartnomalari tuzdi
AQSh Ar-Riyodda prezident Donald Tramp va davlat kotibi Reks Tillerson ishtirokidagi marosimda Saudiya Arabistoni bilan 110 mlrd dollarlik mudofaa shartnomasini imzoladi, deb jurnalistlarga xabar berdi Oq uy vakili.
“Prezident va davlat kotibi Tillerson deyarli 110 mlrd dollarlik harbiy savdolar bo‘yicha hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etmoqdalar”, deb ma'lum qilgan Oq uy vakili.
Uning aytishicha, bu shartnomalar AQSh va Saudiya Arabistonining xavfsizlik sohasidagi hamkorligini sezilarli kengaytiradi va barqarorlikka ko‘mak beradi. “Ular qirollikning butun mintaqa bo‘ylab aksilterror operatsiyalardagi ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi”, deb aytdi AQSh ma'muriyati xodimi.
Reuters axborot agentligining Oq uy xodimiga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, bu shartnomalar “Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi mintaqasining Eron tahdidlari oldida uzoq muddatlik xavfsizligini qo‘llab-quvvatlaydi”.
Saudiya Arabistoni dunyoda harbiy xarajatlar bo‘yicha AQSh va Xitoydan keyin uchinchi o‘rinda turadi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026