Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga keldi
Foto: uza.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 21 may kuni Ar-Riyod shahrida o‘tadigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazish rejalashtirilgan.
Saudiya Podshohi va Valiahdi bilan muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
21:37 / 17.05.2026
Saudiyada Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi
20:00 / 17.05.2026
Hujum qilmaslik pakti: Saudiya yangi tartibni taklif qilmoqda
20:50 / 16.05.2026
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
09:00 / 13.05.2026