Jamiyat | 08:50 / 21.05.2017
12180
1 daqiqa o‘qiladi

Ayol alpinist Janubiy Koreyadagi eng baland binoni zabt etdi

Foto: hani.co.kr

Janubiy koreyalik ayol alpinist Kim Jyeyn hech qanday moslamalarsiz 123 qavatli osmono‘par binoni zabt etdi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi. 

28 yoshli Jyeyn Janubiy Koreyadagi 1-raqamli va dunyodagi 5-raqamli eng baland bino hisoblanuvchi Lotte World Tower’ni 2,5 soat ichida zabt etdi. Ayolning aytishicha, bu juda og‘ir bo‘lgan, biroq u jarayondan zavq olishga harakat qilgan.

Axborot agentligining ma'lum qilishicha, Jyeyn ajoyib jismoniy tayyorgarlikka ega. U 10 yildan ko‘proq vaqtdan beri turli musobaqalarda ishtirok etib keladi va jahon darajasidagi 25 ta unvon sohibasi hisoblanadi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid