Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada IShIDga aloqadorlikda gumonlangan ikki shaxs yo‘q qilindi
Turkiya politsiyasi Anqarada o‘tkazilgan reyd vaqtida IShID tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan ikki shaxsni yo‘q qildi. Bu haqda gubernator Erkan To‘pakka asoslangan holda Anadolu xabar tarqatdi.
Ushbu jangarilar yashiringan joy Istanbuldagi amaliyot vaqtida qo‘lga olingan shaxs orqali aniqlangan. Ushbu shaxs terrorchilik harakatlariga aloqadorligini tan olgan va ikki xabarchisi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etgan.
Politsiya jangarilar yashiringani gumon qilingan joyga yetib kelganida 25 va 30 yoshlarda bo‘lgan ikki shaxs qarshi qarshilik ko‘rsatgan, ular zobitlar tomonidan otib o‘ldirilgan.
Ularning kvartirasi tekshirilganida qurollar, granatalar va qo‘lbola portlovchi qurilmalar topilgan.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:30 / 06.03.2026
NATO Eron xavfi ortidan raketaga qarshi mudofaani kuchaytiradi
08:51 / 30.01.2026
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi
19:11 / 13.04.2025