Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada avtobus daraga qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
Meksikaning janubidagi Chyapas shtatida avtobusning chuqurligi 100 metrcha keladigan daraga qulashi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda El Sol de México nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Motosintl va Uistl munitsipalitetlari o‘rtasidagi yo‘lda yuz bergan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilari diniy sekta a'zolari bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avariya tezlik oshirilishi sababli yuz bergan.
Voqea joyida qutqaruv xizmatlari xodimlari ish olib bormoqda. Barcha jarohatlanganlar Motosintl shifoxonasiga yetkazilganlar.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
12:35 / 08.07.2026