Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya terma jamoasi xokkey bo‘yicha jahon chempioniga aylandi
Shvetsiya terma jamoasi xokkey bo‘yicha jahon chempionati finalida Kanada termasini mag‘lub etdi.
Kyolnda bo‘lib o‘tgan uchrashuv shvetsiyalik xokkeychilarning bullitlar seriyasidan so‘ng 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shvetsiya termasi tarkibida Viktor Xedman (40-daqiqa) gol kiritgan bo‘lsa, kanadaliklardan Rayan O'Rayli (42) shaybani darvozaga aniq joyladi.
Kanada terma jamoasi o‘tgan yili Rossiyada qo‘lga kiritilgan jahon chempionligi nomini himoya qila olmadi. Shvedlar esa o‘n karra jahon chempioniga aylandi.
Rossiya terma jamoasi musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi, Artemiy Panarin esa chempionatning eng yaxshi bombardiriga aylandi. Musobaqaning eng qimmatli o‘yinchisi, deb shvetsiyalik Vilyam Nyulander tan olindi.
Shvedlar 2013 yildan beri ilk bora jahon chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Ular avvaldan turnir favoriti, deb e'tirof etilgandi. Terma jamoa tarkibida AQSh Milliy xokkey ligasida o‘ynovchi 16 xokkeychi bor.
Musobaqada eng kutilmagan natijani esa Finlyandiya termasi qayd etdi. Finlar guruhdan qiyinchilik bilan chiqishdi, biroq chorak finalda AQSh termasini tor-mor etishdi (2:0). Ammo jamoa o‘z muvaffaqiyatini davom ettira olmadi, yarim finalda shvedlarga (1:4), bronza uchun o‘yinda esa – Rossiyaga (3:5) imkoniyat boy berildi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026