Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Peterburg universiteti bilan hamkorlik qiladi
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti (TTYMI) Sankt Peterburgning davlat aloqa yo‘llari universiteti (PDAYU) bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda UzDaily.uz xabar qilmoqda.
Hujjat Peterburg davlat aloqa yo‘llari universiteti rektori Aleksandr Panichev yetakchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan.
Tomonlar hujjat doirasida lektorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazadi, malaka-darslari, seminarlar, konferensiyalar va boshqa turli anjumanlar tashkil etadi.
Bundan tashqari, birgalikda monografiyalar, darsliklar, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:33 / 25.02.2026
O‘zbekiston va “Traxys Group” o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
14:02 / 26.12.2025
O‘zbekiston asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi
11:40 / 26.12.2025
Prezident: “Sharq va G‘arb o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini quryapmiz”
19:07 / 07.06.2025