Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 35dan ortiq ayolning suiqasd holatining oldi olindi
2017 yil 22 may kuni Toshkent shahar hokimligida Ayollar maslahat markazlari faoliyati yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda markaz rahbarlari va xodimlari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Toshkent shahridagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar o‘rtasida tibbiy va huquqiy savodxonlikni oshirish, uy bekalarining turmush tarzi, dunyoqarashi va munosabatlarini o‘rganish, turli ma'naviy hurujlardan saqlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi va "Mahalla" xayriya fondi bilan hamkorlikda 2014 yilda Shayxontohur tumanida, 2015 yilda Olmazor va Uchtepa tumanlarida Ayollar maslahat markazi tashkil etildi. Bu markazlar O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham faoliyat olib boradi.
Ma'lum bo‘lishicha, Ayollar maslahat markazlari xodimlari 35ta suiqasd holatining oldini olishga muvaffaq bo‘lishgan. Shuningdek, 388dan ortiq ayollarning dunyoqarashlari va hayotga bo‘lgan munosabatlarini sog‘lomlashtirishga erishilgan.
Hozirgi vaqtda Ayollar markazlariga fuqarolar diniy haq-huquqlarini bilish maqsadida ham murojaat etishadi. Bu holatda fuqarolarga Toshkent Davlat Islom universitetining domlalari, mahalla imomlari va qorilar tegishli maslahatlarni berishadi.
Ma'lumot o‘rnida: Ayollar maslahat markazlari ayollar va xotin-qizlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning dardini tinglash va muammoli masalalarini hal etish uchun tashkil etilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 17.07.2026
Iroqda Trampning o‘limi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilindi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
18:05 / 02.06.2026