Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Qozog‘iston fuqarolariga vizasiz tartib joriy qildi
Birlashgan Arab Amirliklari hukumati Qozog‘istonning barcha fuqarolariga vizasiz tartibni joriy qilishga qaror qildi. Endilikda, ushbu respublika fuqarolari BAAda bir oygacha muddatda vizasiz yura olishadi.
Qozog‘iston va BAA o‘rtasida konsullik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida shu haqda ma'lum qilindi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmati.
Vazirlik xabariga ko‘ra, «shu boradagi hujjat 23 may kuni ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolanadi».
Komissiya majlisi BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Abdulloh bin Zayd Al Nahayonning Ostonaga rasmiy tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda ikki mamlakat o‘rtasidagi konsullik-huquqiy munosabatlarni chuqurlashtirish, ikki davlat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, BAA fuqarolarining Ostonada bo‘lib o‘tadigan xalqaro «EKSPO-2017» maxsus ko‘rgazmasiga tashrifiga doir masalalar muhokama etildi.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026