Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon byudjyeti misli ko‘rilmagan darajada oshirilishi mumkin
AQSh ma'muriyati dushanba kuni kongressga 2018 yilga mo‘ljallangan byudjyet loyihasini yubordi, unda mamlakat mudofaa vazirligi sarf-xarajatlari jiddiy oshirilishi nazarda tutilgan.
Tarqatilgan hujjatlarga ko‘ra, Pentagonning keyingi moliyaviy yildagi byudjyeti 639 milliard dollar etib belgilanishi mumkin, bu esa joriy yildagi ko‘rsatkichdan 52 milliardga yoki 10 foizga ko‘proq degani. Bu summa ichida xorijda terrorizm bilan kurash bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazish uchun 65 milliard dollar ham bo‘ladi.
Bundan tashqari, yana ikki milliard dollar mamlakat mudofaa byudjyetiga kiruvchi boshqa dasturlar bo‘yicha qo‘shiladi.
Hujjatda alohida ta'kidlanishicha, Barak Obama ma'muriyati tomonidan mudofaa xarajatlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan siyosat AQSh uchun tahdid tug‘diradi hamda Tramp ma'muriyati bu masalada strategiyani keskin o‘zgartirish niyatida.
Mavzuga oid
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
21:36 / 08.05.2026