Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:35 / 23.05.2017
5750
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburg yaqinidagi otxonada yirik yong‘in, ko‘plab otlar halok bo‘ldi
Rossiyaning Leningrad viloyati Gatchina tumanidagi otxonada yuz bergan yong‘in natijasida 26 bosh ot halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Rossiya FVV mintaqaviy bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga asosan.
Ta'kidlanishicha, Bolshoye Reyzino qishlog‘idagi otxonada yuz bergan yong‘in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 2.15 da kelib tushgan.
«Yong‘in 3 ming kvadrat metr maydonda yuz bergan. Mahalliy vaqt bilan soat 4.47 da o‘t o‘chirildi», - deyiladi xabarda.

Mahkama ma'lumotiga ko‘ra, 15 bosh ot qutqarib qolingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish