Rossiyaning sobiq vaziri Ulyukayevga yakuniy ayblov e'lon qilindi

Foto: RIA
Rossiya tashqi iqtisodiy rivojlanish vazirligining sobiq rahbari Aleksey Ulyukayevga yakuniy tahrirdagi ayblov e'lon qilindi. Unga nisbatan "davlat lavozimini egallagan shaxs tomondan o‘ta yirik miqdorda pora olish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma'lum qildi.
Ulyukayev 2016 yil noyabrida 2 mln dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Bu pullar "Rosneft"ga "Bashneft"ga tegishli davlat ulushini sotib olishga imkon beruvchi vazirlik xulosasi uchun mo‘ljallangan.
2017 yil yanvarda Ulyukayev uy qamog‘iga olingan va Smolensk viloyatida unga tegishli bo‘lgan 10 ta yer maydoni va turar joyga taqiqlov qo‘yilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni ishonchni yo‘qotgani tufayli o‘z lavozimidan bo‘shatgan.
Aprelda Moskvaning Basman sudi Ulyukayevning uy qamog‘i muddatini 15 iyulgacha cho‘zgan va unga kuniga 2 soatdan sayr qilishga ruxsat bergan. Ulyukayevning o‘zi esa unga nisbatan yengilroq jazo qo‘llanishini so‘ragan. U ateroskleroz, qon bosimi bilan aziyat chekishi sababli salomatligi risoladagidek emasligidan shikoyat qilgan. Ulyukayevning himoyasi unga sayr qilishga ruxsat berilishini talab qilgan, keyinroq esa uni shifoxonaga yotqizish kerakligini ma'lum qilgan.
Ulyukayev Rossiyaning zamonaviy tarixida korrupsiya uchun hibsga olingan ilk federal vazir bo‘ldi. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdan Krasnodarga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 21:14
-
Tramp Yevropadan moliyaviy reparatsiya talab qildi
Jahon | 21:11
-
Putin maktab o‘quvchilarini yozgi ta’til vaqtida ishga jalb qilishga ruxsat berdi
Jahon | 20:47
-
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi
Jahon | 20:44
Mavzuga oid

16:58 / 14.08.2019
Atamboyevga yana ikkita jinoyat ishi bo‘yicha ayblov e'lon qilindi

13:01 / 17.03.2019
Google Xitoy armiyasi bilan hamkorlik qilishi haqidagi ayblovni rad etdi

17:18 / 28.04.2018
Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin?

07:47 / 14.02.2018