Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qurolli kuchlar bosh shtabining 144 xodimi qo‘lga olindi
Istanbul shahri prokuraturasi Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabining 144 xodimini qo‘lga olish haqida orderlar berdi. Ular muxolifatchi Fathulloh Gulenning tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Maxsus amaliyot Turkiyaning turli viloyatlarida o‘tkazilmoqda, hozirning o‘zida 20 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Xabar qilinishicha, ular FETÖ a'zolari tomonidan maxsus shifrlangan xabarlar almashishda qo‘llaniluvchi ByLock dasturidan foydalanishgan.
2016 yilning 15 dan 16 iyuliga o‘tar kechasi Turkiyada isyonchilar guruhi harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinib ko‘rdi. Asosiy qarama-qarshilik Anqara va Istanbulda yuz berdi. 240 dan ortiq fuqarolar halok bo‘ldi, 2 mingdan ko‘proq inson jarohat oldi, isyon bostirildi. Turkiya hukumati Gulenni to‘ntarishga urinishni tashkillashtirganlikda aybladi va AQShdan uning ekstraditsiyasini talab qildi. Gulenning o‘zi esa isyonni qoralab chiqdi va bu ishga aloqasi yo‘qligini iddao qildi.
Turkiyada isyondan so‘ng taxminan 50 ming kishi hibsga olindi, 140 mingga yaqin davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatildi yoki chetlatildi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026