Sport | 08:55 / 23.05.2017
3633
1 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» Kuadradoni «Chelsi»dan sotib olganini e'lon qildi

«Yuventus» yarimhimoyachi Xuan Kuadradoning transfer huquqini «Chelsi»dan sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Bunga qadar kolumbiyalik futbolchi Turin klubi safida ijara asosida to‘p surib kelayotgandi. Mavsum yakunlangach, «Yuventus» shartnomada ko‘rsatilgan shart bo‘yicha Kuadradoning transfer huquqini 20 mln yevro evaziga sotib olishga qaror qildi.

Transfer summasi 2017/18 yilgi moliyaviy yil hisobidan boshlab uch yil davomida uch bosqichda to‘lanadi. Kuadrado «Yuventus» bilan 2020 yilning 3 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi A seriyaning 29 uchrashuvida maydonga tushib, ikki gol va 6 golli uzatma muallifiga aylangandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid