Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada namoyishlar: Hugo Chaves uyi yoqib yuborildi, yana ikki kishi halok bo‘ldi
Venesuelaning sobiq prezidenti, marhum Hugo Chavesning Barinas shtatidagi Sabaneta shahrida joylashgan uyi 22 may kuni namoyishlar vaqtida yoqib yuborildi, deb xabar bermoqda Nacional portali.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, bu Barinasda milliy gvardiya tomondan uzilgan o‘q tegishi oqibatida halok bo‘lgan yosh yigitning o‘limiga javob bo‘lgan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, uy yoqib yuborilmagan, balki to‘liq talangan. Hozircha bu axborot tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan, biroq ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bo‘yicha o‘nlab fotosuratlar paydo bo‘ldi.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, namoyishchilar go‘yoki milliy gvardiyaning Barinasdagi qo‘mondonligi binosini egallab olishgan va yetakchi Yagona sotsialistik partiya ofisi hamda mamlakatning milliy saylov kengashi vakolatxonasini yoqib yuborishgan.
Bundan tashqari, xabarlarga ko‘ra, Venesuelaning Barinas shtatida yuz bergan namoyishlarda bir kun ichida halok bo‘lganlar soni ikki kishiga ortdi. Bu haqda Milliy assambleya deputati Migel Pisarro xabar bergan.
"Bugun (dushanba kuni) Yorman Bervesiya va Jon Alberto Kintero Barinasdagi namoyishlar vaqtida ro‘y bergan qatag‘onlar chog‘ida halok bo‘ldi", - deya yozdi Pisarro o‘z Twitter’ida.
Eslatib o‘tamiz, Venesuelada joriy yilning 4 aprelidan boshlab mamlakat hukumati va uning yetakchisiga qarshi ommaviy ko‘cha namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 50 kishi halok bo‘lgan. Namoyishlar Oliy sudning mamlakat parlamenti hokimiyatini cheklash haqidagi qaroridan so‘ng boshlandi.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026