Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilga qadar O‘zbekistonda yengil sanoat eksporti uch barobarga oshishi kutilmoqda
24 may kuni Xalqaro press-klubning (XPK) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «O‘zbekengilsanoat» AJ boshqaruv kengashi raisining maslahatchisi Rasul Sodiqov, «Osiyo ramzi» O‘zbekiston dizaynerlar uyushmasi raisi Holida Komilova va «Istiqlol tekstil dizayn» MChJ vakili, yengil sanoat kompaniyalari vakillari, ekspertlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Bugungi press-klubning asosiy mavzusi «Bolajonlar-shirintoylar» nomli bolalar modasi festivali hamda yurtimizda yengil va to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi haqida bo‘ldi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2016 yilda eng yirik tekstil kompaniyasi bo‘lmish «O‘zbekengilsanoat» AJ tadbirkorlari tomonidan 1,146 mlrd dollar qiymatiga teng mahsulot dunyoning qariyb 60 ta mamlakatiga eksport qilindi. «O‘zbekengilsanoat» tarkibidagi 460 ta korxona tomonidan o‘zlashtirilgan sarmoya 2,5 milliard dollarga teng bo‘ldi, chet el investorlari ishtiroki bilan 200 ta yangi korxona tashkil etildi. «O‘zbekengilsanoat» AJ chet eldagi savdo uylari sonini 49 taga ko‘paytirish rejalari eksport hajmini oshirishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, spikerlar O‘zbekistonning eksport qilish salohiyatlarini kengaytirish hamda jahon bozorlariga jo‘natilayotgan yuqori ustki narhli mahsulotlarning ko‘lamini oshirish borasida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

“2016 yil 21 dekabrda «2017 – 2019 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida» Prezident Sh.M. Mirziyoyevning qarori chiqqanini alohida ta'kidlab o‘tish lozim. Ushbu muhim dasturiy hujjatga ko‘ra, 2020-yilgacha 132 ta investitsion loyiha amalga oshishi kutilmoqda, ularning 50 foizi chet el investitsiya va kreditlari bo‘lib, loyihalarning umumiy qiymati 2,2 milliard dollarga teng. Mazkur loyihalarni joriy qilish natijasida yaqin yillar ichida eksport salohiyatini 7-8 milliard dollarga oshirish maqsad qilingan”, - deya qayd etdi «O‘zbekengilsanoat» AJ boshqaruv kengashi raisi maslahatchisi Rasul Sodiqov.



Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026