Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI mudofaaga samarasiz sarmoya sabab har yili 100 mlrd yevrodan ayrilmoqda
Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlar mudofaa va xavfsizlik sohasiga samarasiz sarmoya mablag‘larini kiritishi tufayli har yili 25-100 milliard yevro mablag‘ yo‘qotmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya raisining bandlik, iqtisodiy o‘sish, sarmoyalar va raqobatbardoshlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Yurki Kataynen ma'lum qildi.
U bu haqda YeI davlatlarining mudofaa sohasidagi hamkorligi istiqbollarini ko‘rib chiqqan Yevrokomissiya yig‘ilishi yakunida aytib o‘tgan.
Kataynenning so‘zlariga ko‘ra, YeI davlatlari mudofaa va xavfsizlik sohasida “bir xil” instrumentlarga mablag‘ yo‘naltirmoqda, hamda shuning uchun bu xarajatlarni ko‘proq sarmoyaviy samaradorlik ta'minlanishi maqsadida tuzilmaga birlashtirish lozim.
YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining ma'lum qilishicha, ayni damda YeI umumiy mudofaa xarajatlari AQShning bunga yo‘naltirayotgan mablag‘lari yarmiga teng, mudofaa imkoniyatlari salohiyati esa Amerikanikidan 15 foizga ko‘p emas.
Mavzuga oid
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
08:45 / 07.07.2026
Dunyoning eng ilg‘or 7 ta havo hujumidan mudofaa tizimi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
08:53 / 23.06.2026