Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
42-yig‘ilish: MDH maxsus xizmatlari rahbarlari nima haqda gaplashishadi?
MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari Suriya va Iroqdagi jangarilarga kishilarni noqonuniy yuborish kanallariga aloqador shaxslarni aniqlash masalasini muhokama qiladi. TASS’ning Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jamoatchilik bilan aloqalar markaziga asosan xabar qilishicha, bu masala bugun Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari maxsus va xavfsizlik xizmatlari rahbarlari Kengashining 42-yig‘ilishida eng asosiy mavzulardan biri bo‘ladi.
"Kuzatuvchi sifatida Germaniya, Ispaniya, Italiya, Serbiya va Fransiyadan bo‘lgan delegatsiyalar ishtirok etadi", - deya ta'kidlab o‘tishgan FXXda.
Yig‘ilish qatnashchilari asosiy e'tiborni MDH davlatlari maxsus xizmatlarining terrorizm va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik bilan kurashdagi hamkorlik masalasiga qaratishadi. "MDH davlatlari hududlari orqali noqonuniy migratsiya tranzit kanallarining ishlashiga aloqador bo‘lgan shaxslar, shuningdek, bu davlatlar fuqarolarining Suriya va Iroqqa xalqaro terrorchilik tashkilotlari tarkibida jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun chiqib ketish yo‘llari bo‘yicha ma'lumot alishishni yanada kuchaytirishni muhokama qilish rejalashtirilgan", - deya aytib o‘tishgan FXXda. Jangarilar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, joriy yilning iyun-iyul oylarida FIFA konfederatsiyalar kubogi o‘tkazilishi arafasida muhim siyosiy, sport va boshqa xalqaro darajadagi tadbirlarda xavfsizlikni ta'minlash masalalari bo‘yicha tajriba almashish mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
08:43 / 11.06.2026