Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pxenyan: AQSh Rossiya va KXDR hamkorligiga xalaqit qilishga urinmoqda
Foto: © Sputnik / Andrey Olfert
AQSh Vladivostok va Rajin shaharlari o‘rtasida paromlar qatnovi yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, "yolg‘on ayblovlar" bilan Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka xalaqit qilishga urinmoqda. KXDR TIV vakilining shu haqdagi bayonotini Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) e'lon qildi.
Bayonotda aytilishicha, "AQSh o‘z gumashtalari yordamida Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka barham berishga hamda KXDRni iqtisodiy jihatdan bo‘g‘ishga urinmoqda". TIV vakilining qo‘shimcha qilishicha, doimiy yo‘lovchi kema qatnovining boshlanishi "ikki mamlakat o‘rtasidagi oddiy iqtisodiy hamkorlikdir".
O‘tgan haftada Vladivostok va Rajin portlari orasida "Mangyonbon" paromi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Buni Yaponiya tomoni turlicha qabul qildi. Chunki, KXDRga nisbatan joriy qilingan xalqaro sanksiyalar doirasida bu kabi kemalarning portlarga kirishi taqiqlangan. Shimoliy Koreyaning Nason shahri va uning bir qismi bo‘lgan Rajin tumani muzlamaydigan porti bilan imtiyozli iqtisodiy hudud maqomiga egadir.
"Mangyonbon" yo‘lovchi kemasi 2006 yilgacha Yaponiyaning Niigata portiga qatnab turgan, biroq keyinchalik Yaponiya hukumati uning mamlakatga kirishini taqiqladi. Bunga Shimoliy Koreyaning o‘rta va uzoq masofalarga ucha oladigan ballistik raketalar sinovini o‘tkazgani sabab bo‘ldi. Bu safar Yaponiya Rossiya va KXDR o‘rtasida kema qatnovi yo‘lga qo‘yilganini ushbu ikki davlat o‘rtasida iqisodiy aloqalar mustahkamlanishi deb baholamoqda.
Dastlabki vaqtlarda kemada Xitoyning Xunchun hududi sayyohlarini tashish rejalashtirilgan. Rajin va Xunchun shaharlarini 100 kilometrlik beton yo‘l bog‘laydi. Bundan tashqari, rossiyalik sayyohlarni Rajinga olib kelish belgilangan.
Mavzuga oid
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
21:03 / 28.04.2026