Jahon | 22:34 / 24.05.2017
4156
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 147 ta OAV yopildi

Turkiya hukumati 2016 yilning 15-16 iyul kunlari amalga oshmay qolgan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 147 ta ommaviy axborot vositasini ruxsatnomasidan mahrum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi Turkiyaning ulushlar va jamg‘armalar davlat jamg‘armasining choraklik hisobotiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda

Jamg‘armaning ma'lumotlariga asosan, 2017 yil marti oxiriga ko‘ra, Turkiya hukumati yuzlab kompaniyalar ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi: bu kompaniyalarga yangi rahbariyat tayinlangan yoki ular umuman tugatilgan. Gap umumiy kapitallashuvi 11,3 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiluvchi 879 ta firma haqida ketmoqda. Bu firmalarda 45 ming odam mehnat qilgan. O‘z ishini to‘liq to‘xtatgan kompaniyalar orasida 147 ta OAV ham bor.     

Axborot agentligining ma'lum qilishicha, Anqara muxolifatchi Fathulla Gulenning FeTO tashkiloti bilan aloqadorlikda gumon qilingan banklar, OAV va boshqa korxonalar ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olmoqda. Turkiyada aynan Gulen davlat to‘ntaruviga urinishning bosh tashkilotchisi deb hisoblanadi.     

Turkiya hukumati o‘tgan yil yozidan boshlab FeTOga qarshi kurashish choralari doirasida davlat xizmatidan minglab odamlarni chetlatdi, 113 mingga yaqin fuqaro ushlangan yoki hibsga olingan. Ulardan 50 mingdan ko‘prog‘i qamoqlarda ushlab turilibdi, ular orasida o‘nlab jurnalistlar ham bor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid