Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddan Rossiyaga turmush o‘rtog‘ini izlab borgan ayol haqidagi serial namoyishi yaqin
Foto: intermedia.ru
29 may kuni Rossiyaning Birinchi kanali (Pervyy kanal)da "Bizning hovlimizda..." nomli serial namoyishiga start beriladi. Undagi bosh rollarni asli o‘zbekistonlik bo‘lgan aktrisa Ravshana Kurkova va Sergey Puskepalis ijro etishadi. Bu haqida Ravshana o‘z Instagram'i orqali ma'lum qildi.
Filmdagi voqealar Moskvadagi turar-joylarning birida ro‘y beradi. Film qahramonlari - shu mahallada yashovchi kishilar. Kalenyy – politsiya xodimi (Sergey Puskepalis) jarohati sabab nafaqada, ishlagan paytlarini sog‘inib, spirtli ichimliklar ichishni boshlaydi. Mavluda - o‘zbekistonlik ayol (Ravshana Kurkova) yo‘qolgan erini qidirib, Moskvaga kelgan. Mavluda tibbiy ma'lumoti bo‘lishiga qaramay, farzandlarini ta'minlash uchun duch kelgan ishni bajarishiga to‘g‘ri keladi - farroshlik qiladi, ba'zan esa enagalik ham.
Sobiq politsiyachi boshqa mamlakatlardan kelganlarni yoqtirmaydi, ayol esa - ichkilikka mukkasidan ketganlarni. Shunga qaramay, ular har qanday jinoyatni fosh qilishga qodir ajoyib jamoa bo‘lishadi. Mavludaning erini topishda ham shu inson yordam beradi. Serialning 12 epizodida 12 ta jinoyat iziga tushiladi.
Filmda shuningdek Yevgeniya Kalinets, Azamat Nigmanov, Oleg Rebrov, Richard Bondarev, Yuli Samoylenko, kenja Aleksey Vesyolkin, Vsevolod Makarov va boshqalar suratga tushgan.
Mavzuga oid
10:00 / 07.09.2025
San’atdan yiroq “san’at” – o‘zbek seriallari haqida so‘z
15:33 / 17.08.2024
Serial uchun ruxsat olib berish evaziga 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:41 / 22.12.2023
Toshkent viloyatida Cinema Park erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi
10:26 / 01.12.2023