Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara Rossiya bilan savdoda yangi cheklovlar kiritilganini tasdiqlamadi
Turkiya iqtisodiyot vazirligi Rossiyadan bug‘doy importiga yangi cheklovlar qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. RIA Novosti agentligi idora bayonotini keltirgan, unda Moskva bilan savdo cheklovlarini olib tashlash haqidagi kelishuvga rioya etilayotgani aytiladi.
Avvalroq, 24 may kuni «Vedomosti» gazetasi Turkiya Rossiya bug‘doyiga qo‘shimcha cheklovlar kiritgani haqida xabar bergandi. Yangi qoidalarga ko‘ra, endilikda Rossiya hisobiga g‘alla importi uchun berilgan litsenziyalarning 25 foizdan ortig‘i to‘g‘ri kelmasligi kerak.
Shuningdek, Anqara Rossiya kungaboqar yog‘ini bojsiz yetkazib berishga cheklovlar kiritgani, kvota hajmini 15-30 foiz darajada qoldirgani xabar qilingandi.
«Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy qadamlarga qaramay, ba'zi OAV Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga cheklovlar qo‘yilgani haqida ma'lumot bermoqda, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Turkiya erishilgan kelishuvlarga rioya etishda davom etadi», - deyiladi vazirlik bayonotida.
4 may kuni Turkiya Rossiyadan bug‘doy importiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinning turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralaridan so‘ng yuz berdi. Biroq Rossiyaga pomidorlar yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar hozircha saqlanib turibdi.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026