Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda raketalar ishlab chiqaruvchi uchinchi yer osti zavodi qurildi
Foto: Reuters
Eron raketa quroli ishlab chiqarish uchun uchinchi yer osti zavodini qurdi. Bu haqda “islom inqilobi qo‘riqchilari” Korpusining havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni brigada generali Amir Ali Hojizoda payshanba kuni xabar berdi. Fars agentligi uning so‘zlarini keltirgan.
"Biz mudofaa quvvatini rejaga ko‘ra oshirib bormoqdamiz. Shuni e'lon qilishim mumkinki, Eronda so‘nggi bir necha yil davomida islom inqilobi korpusi kuchlari tomonidan raketalar ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi yer osti zavodi qurildi", - deya aytib o‘tdi general Dizful shahrida chiqish qilib. Aynan shu shahar Eron-Iroq urushi (1980-1988 yillar) davomida yirik jangovar harakatlar arenasiga aylangan.
Shuningdek, Hojizodaning xabar berishicha, islom inqilobi korpusi kuchlari tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi “yer-yer” turkumidagi ballistik raketa “Dizful” deb nomlanadi.
Mavzuga oid
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
19:51 / 22.05.2026
Eron va O‘mon Ho‘rmuzda kemalardan to‘lov undirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
18:13 / 21.05.2026
O‘zbekiston Eron xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi
17:40 / 21.05.2026