Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya poytaxtida ikkita terakt sodir etildi
Foto: Reuters
Indoneziya poytaxti Jakarta sharqida sodir bo‘lgan ikkita portlashda uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi. 10 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.
Portlash bir necha daqiqa farq bilan mamlakat poytaxtining sharqiy qismida joylashgan avtovokzalda sodir bo‘lgan.
“Britaniyaning Manchester shahrida portlash bo‘ldi. IShID terrorchilari qo‘shnimiz Filippindagi Maravi shahrida terakt uyushtirdi. Bu terakt butun dunyo bo‘ylab terrorchilik to‘lqinining yangi xurujidir”, - dedi Indoneziya politsiyasi vakili Irdjyen Seto Vasisto BBCga intervyu berar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiyada yaqin vaqt ichida amalga oshirishi rejalashtirilgan teraktlar haqida ma'lumot bor. Ammo u qachon va qayerda amalga oshirilishi noma'lumligicha qolmoqda.
Terakt guvohlaridan biri, Eka ismli shaxsning aytishicha, portlash huddi zilzila kabi qattiq bo‘lgan.
Xalqaro tinchlikni saqlash institutining ijrochi direktori Bapak Taufik Andrining fikricha, ushbu terakt mamlakat politsiyasidan o‘ch olish maqsadida amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
21:43 / 16.02.2026