Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lola Karimova otasiga yodgorlik qurish uchun Britaniya qirolichasining sevimli haykaltaroshini yolladi

Lola Karimova-Tillyayeva Islom Karimov nomi berilgan Moskva markazidagi xiyobon va haykalning loyihasini Moskva shahar boshqaruv organlariga taqdim etish maqsadida Rossiya poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda u Instagramdagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.
“Bu loyiha ustida ish olib borish biz uchun juda katta sharaf va mas'uliyatdir. Mazkur xiyobon shaharning chiroyli joylaridan biri bo‘lib qolishini istaymiz”, deb yozadi u.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha ustida Londondagi "Britaniya uchun jang" monumental inshooti, Qirolicha-ona haykali hamda Londonning Sent-Pankras stansiyasidagi "Uchrashuv joyi" bronza haykalini ishlagan angliyalik mashhur haykaltarosh Pol Deyni ishlaydi. Uning so‘nggi san'at asari "Iroq va Afg‘onistondagi urushlar" memorial yodgorligi 2017 yilning mart oyida Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II tomonidan tantanali ochib berilgan edi.
“Moskva shahridagi loyiha ustida ishlar ekanmiz, ushbu xiyobon ko‘p yillardan keyin ham moskvaliklar va turistlar uchun o‘z jozibasini saqlab qolishiga alohida urg‘u berdik. Biz loyihamiz tafsilotlari haqida vaqtincha batafsil ma'lumot bermayapmiz, sababi, 2018 yilda loyihamiz amalga oshganidan keyingina, uni keng omma e'tiboriga havola etmoqchimiz.

Mazkur loyihada ishtirok etayotgan barcha insonlarga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman”, deb yozadi Lola Karimova-Tillyayeva.
Suratda: Lola Karimova-Tillyayeva, Tatyana Karimova, haykaltarosh Pol Dey hamda Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhning boshqa a'zolari Moskva shahrining mas'ul shaxslari bilan uchrashuvda.
Mavzuga oid
14:10 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025