O‘zbekiston | 18:49 / 25.05.2017
6094
2 daqiqa o‘qiladi

Nabi Avji: O‘zbekistonda mehmonxona menejmenti bo‘yicha masofaviy  ta'lim yo‘lga qo‘yiladi

Bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan IV Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji O‘zbekiston va Turkiya tarixiy kunlarni boshdan kechirayotgani, kech bo‘lsa-da, uchrashganini quvonch bilan ta'kidladi. 

"Turkiya turizm bo‘yicha dunyo miqyosida oltinchi, Yevropada esa to‘rtinchi o‘rinda turadi. Shuni ta'kidlash joizki, O‘zbekiston ham bu borada katta salohiyatga ega", - dedi Nabi Avji.

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri istiqboldagi vazifalarni sanab o‘tdi:

1.  Turizm sohasidagi Hamkorlik memorandumi imzolanadi;
2.  Madaniyat sohasidagi hamkorlikka doir hujjatni yangilash kerak (1997 yilda imzolangan);
3.  Turizm sohasida qo‘shma iqtisodiy komissiya tuziladi;
4.  Turizm ta'limi yo‘nalishida ko‘p ishlar amalga oshiriladi. Turkiya bu borada katta tajribaga ega, shunday ekan, biz uni o‘zbek qardoshlarimiz bilan baham ko‘rishga tayyormiz;
5.  Mehmonxona menejmenti bo‘yicha masofadan ta'lim yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Eski shahardagi Anadolu universiteti bu borada katta tajribaga ega. Zarur qo‘llanmalar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, o‘zbekistonlik talabalarga yetkaziladi. 
6.  Madaniy sohadagi hamkorlik. Bu yo‘nalishda avvalambor viza masalasini hal qilish kerak. Ushbu masalada yordam berilsa, O‘zbekistonga yangi turizm to‘lqini kirib keladi. O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarni ko‘rishga ishtiyoqmand turkiyaliklar juda ko‘p. 
7.  Tarixiy qo‘lyozmalar kontrabandasiga birgalikda chek qo‘yishimiz kerak.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid