Hongkong termasining sobiq futbolchisi quyma oltinlarini o‘g‘irlatib qo‘ydi
Hongkong terma jamoasining sobiq futbolchisi Li Vey Men savdo markazida talonchilik qurboniga aylandi. South China Morning gazetasida xabar berilishicha, u 8 million Hongkong dollari (1 mln AQSh dollari) miqdoridagi quyma oltinlar solingan chamadonini o‘g‘irlatgan.
Hodisa 43 yoshli sobiq futbolchi Hongkong markazidagi Fortune Metropolis mall savdo markazida ekanida sodir bo‘lgan. Talonchilar unga pichoq bilan hamla qilib, chamadonni olib qo‘yishgan.
Chamadonda 24ta quyma oltindan tashqari, 10 million iyena (89 ming AQSh dollari) miqdoridagi kupyura ham bo‘lgan.
Hujum vaqtida Li Vey Men yuzidan jarohatlangan.
Talonchilar voqea joyidan qochib ketishgan. Hongkong politsiyasi tekshiruv ishlarini boshlagan, hozircha jinoyatchilarni izi topilmayapti.
Li Vey Men 1993—2006 yillar davomida Hongkong terma jamoasi sharafini himoya qilgan va 68ta uchrashuvda ishtirok etgan. U 2007 yilda faoliyatini yakunlagach, mahalliy klublardan birida murabbiy bo‘lgan, shuningdek, Hongkong TVda sharhlovchi bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
10:19 / 20.12.2024
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
23:51 / 10.12.2024
Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi
17:40 / 03.12.2024
Hongkongda 2,5 ming panda haykallaridan iborat ko‘rgazma o‘tkazilmoqda
00:28 / 06.09.2024