Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyadagi aviabaza hukumatni tan olmaydigan marshal armiyasi tomondan bosib olindi
Liviyalik marshal Halifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi Liviya janubida joylashgan, Tripolidagi hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi otryadlar nazoratidagi Tamenxant aviabazasini bosib oldi. Bu haqda marshal harbiylariga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi xabar berdi.
Xaftar Tripolidagi Liviya milliy kelishuv hukumatini tan olmaydi va mamlakatning sharqiy hududlaridan armiyani mustaqil boshqaradi. Avvalroq BAAda Xaftar va Tripolidagi hukumat rahbari Fayoz as-Sarroj ba'zi kelishuvlarga erishgan muzokaralar bo‘lib o‘tgandi, biroq shunga qaramasdan, ikki tomon qurolli kuchlari to‘qnashuvlari to‘xtamagan.
Ma'lum qilinishicha, aviabaza Tripolidagi hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi "Uchinchi kuchlar" otryadlari nazoratida bo‘lgan, biroq Xaftar odamlari bir necha kun davomida uni qurshovda ushlab, o‘qqa tutishgan. 25 may kuni harbiylar aviabazadan "Uchinchi kuchlar" otryadlarini chekinishga majbur qilib, uni jangsiz qo‘lga kiritishgan.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
13:43 / 02.03.2026
Kiprdagi Britaniya aviabazasi dron hujumiga uchradi
13:34 / 04.02.2026