Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlar bilan ta'minlaydi
Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi yil oxirigacha uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlar bataloniga aylantiriladi, deya xabar qiladi markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Vladimir Zarudnitskiyga asoslanib Interfaks.
Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, batalonga «Orlan» va «Eleron» zamonaviy komplekslari keltiriladi. Vladimir Zarudnitskiy uchuvchisiz boshqariladigan uchoq (UBU)larning umumiy sonini tilga olmagan. «Bo‘linma yagona informatsion tizimda bir necha UBU kuchlaridan foydalanish, shuningdek, motoo‘qchilar, artilleriya va aviatsiya harakatining samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratadi», — deya agentlik uning so‘zlarini keltiradi.
General, shuningdek, Tojikistondagi 201-harbiy baza «Uragan» biravarakayiga o‘t ochish raketa tizimlari divizioniga ham ega bo‘lgani aytib o‘tdi. Bu o‘t ochish tizimi tog‘li relef sharoitlarida 35 km uzoqlikkacha bo‘lgan nishonni bexato urish imkonini beradi.
Rossiya OAVlari general-polkovnik Vladimir Zatrudnitskiyga asoslanib, 201-harbiy baza jangovar imkoniyatlari «Uragan» tizimi hisobiga jiddiy ravishda oshganini yozishmoqda, biroq harbiy baza shaxsiy tarkibining soni xalqaro bitimlar doirasidan chetga chiqmaydi.
201-harbiy baza Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy obekti hisoblanadi. Uning bo‘lim va bo‘linmalari Dushanbe va Qo‘rg‘ontepa shaharlarida joylashgan. Ikki tomonlama bitimga ko‘ra, Rossiiya harbiy bazasi Tojikistonda 2042 yilgacha faoliyat ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda Tojikistonning turli hududlarida yirik harbiy mashqlar o‘tkazildi. Ularning eng yirigi Tojikiston janubidagi Qabodiyon tumanidagi «Harbmaydon» poligonida tojik-rus harbiylari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma mashq bo‘ldi. O‘tgan yilning mart oyida o‘tkazilgan harbiy o‘quv-mashqlarning asosiy maqsadi afg‘on-tojik chagarasidan bostirib kirishga urinuvchi qurolli jangarilar guruhiga munosib qarshilik ko‘rsatish bo‘lgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘shma mashqlarda 950 birlikdagi harbiy texnika, 20 ta zarbdor va transport samolyotlari, 12 turli vertolyotlar, shuningdek uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlardan foydanilgan. Unda Tojikistonning 15 ming zobiti, zaxiradagi askarlardan 30 ming kishi, shuningdek, Rossiyaning 2 mingga yaqin harbiy xizmatchisi ishtirok etgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026