Jahon | 13:42 / 27.05.2017
6314
2 daqiqa o‘qiladi

Taorminada G7 sammiti ikkinchi kuni boshlandi. Bugun qanday masalalar muhokama etiladi?

Foto: Reuters

“Katta yettilik” sammitining ikkinchi kuni yetakchilarning Afrika qator davlatlari vakillari bilan uchrashuvi orqali boshlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Joriy yilda bu ochiq uchrashuvning asosiy mavzusiga Afrika davlatlari bilan munosabatlarni aylantirdik... Ehtimol, Taormina tanlovi, biz uchun ushbu davlatlar bilan o‘zaro harakatlar naqadar muhim ekanini ko‘rsatib beradi. Biz davlatlarimizni birlashtirib turuvchi O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘idamiz... Bugungi munozara markazida – inson kapitali, mahsulotlar, infratuzilma va hayot sifatini rivojlantirishdagi innovatsiyalar", - deya aytib o‘tdi Italiya bosh vaziri Paolo Jyentiloni sessiyani ochar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyadagi “Katta Yigirmatalik” sammiti tomonlar Taorminada boshlab beradigan ishni davom ettirishi lozim.

Taorminadagi sessiyaga Efiopiya, Nigeriya, Niger, Keniya va Tunis yetakchilari kelgan. Shuningdek, uchrashuvda BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh, Afrika Ittifoqi, Afrika Taraqqiyot Banki, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Tashkiloti rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Kutilishicha, ishtirokchilar Afrika davlatlariga ushbu mintaqadagi turli chaqiriqlar bilan kurash uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish istiqbollari hamda Yevropaga migratsion oqimlarni kamaytirishda ko‘mak beruvchi sharoitlarni yaratish masalasini muhokama qiladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid