Jahon | 07:47 / 27.05.2017
11946
1 daqiqa o‘qiladi

Tripolida sobiq amaldorlar saqlanadigan turma bosib olindi

Foto: AFP 2017 / Mahmud Turkia

Bir guruh qurollangan kimsalar Liviya poytaxti Tripolining janubiy qismida joylashgan, mamlakatning sobiq rahbari Muammar Kaddafiy vaqtidagi amaldorlar saqlanadigan turmani bosib olishdi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.  

Turma qo‘riqchilari milliy kelishuv hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi qurollangan odamlar turmaga hujum qilgandan keyin chekinishga majbur bo‘lganlar. Hujum oqibatida ikki qo‘riqchi halok bo‘lgan.  

Liviyada ikki hokimiyatlilik hukm surmoqda – mamlakatning sharqidagi Tobruk shahrida xalq tomondan saylangan parlament, Tripoli g‘arbida BMT va Yevropa ko‘magi bilan shakllantirilgan, Fayoz Sarroj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati hukmronlik qilmoqda. 

Tobrukdagi hokimiyat Tripolidan mustaqil ravishda harakat qiladi va marshal Halif Xaftar boshchiligidagi milliy armiya bilan hamkorlik qiladi. Bu armiya jangarilar bilan kurashib kelmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid