Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ansor ash-Sharia» terrorchi guruhi o‘z faoliyatini to‘xtatish haqida e'lon qildi
Foto: huffingtonpost
Liviyaning «Ansor ash-Sharia» terrorchi guruhi yetakchilari tashkilotning tarqalishi haqidagi bayonot bilan chiqishdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Guruh bayonotida ta'kidlanishicha, bunday qaror qabul qilinishiga oddiy askarlar va qo‘mondonlik tarkibidagi katta yo‘qotishlar sabab bo‘lgan. «Ansor ash-Sharia» shuningdek liviyalik isyonchilarni «yagona front» tuzish uchun birlashishga chaqirgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur guruh 2012 yilda Beng‘ozidagi AQSh konsulligiga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan. So‘nggi paytlarda «Ansor ash-Sharia» Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Halif Haftar nazorati ostidagi kuchlarga qarshi to‘qnashuvlarda qatnashgan.
Mavzuga oid
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi
12:23 / 01.07.2025
Liviya qirg‘oqlari yaqinida Vilamoura tankeri bortida portlash sodir bo‘ldi
13:56 / 17.05.2025