Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlik yanada kengaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 mayda "O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida har tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2982-sonli qarorni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyevning 11-13 may kunlari Xitoyga davlat tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik hamkorlik rivojlanishining yangi bosqichi bo‘ldi.
Oliy darajada o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar natijalari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning sifat jihatdan yangi darajaga o‘tishini, uni amaliy mazmun bilan to‘ldirishni ta'minladi.
Tashrif davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, moddiy-texnik, bank-moliya, transport-kommunikatsiya, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma qarorlar muhokama qilindi va qabul qilindi, O‘zbekiston va Xitoyning har tomonlama strategik hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish haqidagi qo‘shma bayonot, 11 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat, savdo-iqtisodiy sohada umumiy qiymati 22,8 mlrd dollarlik korporativ kelishuvlar paketi imzolandi.
Imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning to‘laqonli amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
- bitimlar va kelishuvlar ning so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarilishini monitoring va qat'iy nazorat qilinishini o‘rnatish;
- Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi davomida imzolangan hujjatlar, kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini tasdiqlash;
- bitimlar va kelishuvlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Ishchi komissiya tuzish;
- Ishchi komissiyaga bitimlarning so‘zsiz va sifatli bajarilishini doimiy va tizimli ravishda monitoringini tashkillashtirishni ta'minlash;
- ushbu qaror bilan tasdiqlangan "Yo‘l xaritalari"ning amalga oshirilishi bo‘yicha amaliy choralarni qabul qilishga javobgar ijrochilar – vazirliklar, boshqarmalar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish;
- bitimlar va kelishuvlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirishni amalga oshirish va boshqalar.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri Aripov A.N., O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Mahmudov V.V. va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ijroiya apparati rahbari-maslahatchi Nizomiddinov Z.Sh. zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
20:41
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
10:15
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
09:56 / 16.06.2026