O‘zbekiston | 18:18 / 29.05.2017
6634
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda 39 ta bolalar sporti inshooti quriladi va ta'mirdan chiqadi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 6 maydagi PQ-2961-sonli qaroriga muvofiq, Davlat sport qo‘mitasi qoshidagi Bolalar sportini rivojlantirish fondining shu yilgi byudjyeti va bolalar sporti hamda suzish havzalari obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashga doir manzilli dasturi tasdiqlandi. Bu haqida "Norma.uz" saytida xabar berildi.

Ma'lumot uchun: Bolalar sportini rivojlantirish fondi - Prezidentning 2002 yil 24 oktabrdagi PF-3154-sonli farmoniga binoan ishga tushirilgan xalqaro nodavlat ijtimoiy tashkilot. 

Joriy yilda Fondga Respublika xayriya tashkilotlari (jami 77 ta)dan 135 milliard 390 million so‘m, xorijiy sarmoyachilardan - 290 ming AQSh dollari kelib tushadi.

Taqqoslash uchun: 2015 yilda Fondning umumiy byudjyeti 87 830 million so‘m va 400 ming dollarni tashkil qilgan edi. 

Bu yil mamlakatimizning turli hududlarida 25 ta yangi bolalar va o‘smirlar sport obekti qurilishi, 13 tasining rekonstruksiyasi hamda bittasining kapital ta'mirlanishi rejalashtirilgan. 

Masalan, poytaxtning Yakkasaroy tumanida universal sport majmuasi quriladi, Mirobod tumanida esa - yopiq suzish havzasi, ushbu tumandagi sport majmuasi rekonstruksiya qilinadi. Yana bir yopiq turdagi suzish havzasi Sergeli tumanida bunyod etiladi. 

Manzilli dastur doirasidagi qurilish va ta'mirlash ishlarining umumiy qiymati 298 milliard 423 million so‘mni tashkil qiladi. 

Mazkur dasturning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi hujjatlarida tanishishingiz mumkin. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid