Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yil 5 oyida O‘rta yer dengizida halok bo‘lgan qochqinlar soni ma'lum qilindi
2017 yil boshidan beri O‘rta yer dengizi orqali Yevropa mamlakatlariga borishga urinish chog‘ida 1,7 ming muhojir va qochqin halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu haqda, Jyenevada tashkil etilgan brifingda BMT qochoqlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi vakili Babar Balox ma'lum qildi.
"2017 yil boshidan beri halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar soni 1720 kishidan oshdi", - degan Balox.
So‘nggi bir hafta ichida Italiyaning Kotone, Palermo va Kataniya portlariga 50 kishining jasadi keltirildi. "Yana o‘nlab kishilar o‘lgani va bedarak yo‘qolganiga doir xavotirlar bor", - deb ta'kidlagan BMT vakili.
"Umrni saqlash – eng asosiy vazifa", - degan rasmiy vakil. BMT QOKB Italiya sohil qo‘riqlash xizmatining dengizdagi muhojirlarni qutqarish bo‘yicha ko‘rayotgan choralarini e'tirof etar ekan, "xalqaro yordamga muhtoj insonlarning xavfli sayohatlariga chek qo‘yish uchun ishonchli muqobil sharoitlar barpo etish"ga chaqirdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yil boshidan Shimoliy Afrikadan Italiyaga 60 mingdan ortiq muhojir va qochqinlar kelgan. Oxirgi bir haftada 9,5 mingga yaqin kishi qutqarilgan.
Xalqaro migratsiya tashkilotining 30 may kuni e'lon qilgan ma'lumotlariga binoan, Italiya, Gretsiya, Ispaniya va Kipr birgalikda 69574 muhojir va qochqinni qabul qilgan.
Mavzuga oid
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
09:37 / 27.02.2026
Melaniya Tramp BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi
19:11 / 25.02.2026
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh Ukrainada tinchlikni saqlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilishda betaraf qoldi
15:22 / 25.02.2026