07:42 / 30.05.2017
5909

Bag‘dodda minalashtirilgan mashina portlashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Foto: Twitter.com/@RudawEnglish

Bag‘dod markazida minalashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda Iroq hukumatiga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda

Voqea kechki payt yuz bergan. Mashina muzqaymoq sotiladigan do‘kon oldiga qo‘yib ketilgan. Taxmin qilinishicha, kunning bu vaqtida odamlar bilan gavjum bo‘ladigan muzqaymoq do‘koni nishonga olingan.

Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.  

Mavzuga oid
Top