Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda bir kunda 2 ta mudhish qotillik qayd etildi
2017 yil 23 may kuni G‘ijduvon tuman IIBga Taxtaxon mahallasi, Dashtak qishlog‘ida yashovchi I.G‘aybulloyev telefon orqali, ushbu kuni soat 08:00 larda o‘zining yashash uyi hovlisida sobiq turmush o‘rtog‘i Z.Sayitovani bolta bilan bo‘yin qismidan chopib o‘ldirganligini bildirgan. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu manzilda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan G‘aybulloyev Ixtiyor Ikromovich shu manzilda ro‘yxatda turib, ota-onasining uyida vaqtinchalik yashab kelayotgan, 1985 yilda tug‘ilgan sobiq turmush o‘rtog‘i Sayitova Zebo Boboqulovna bilan janjallashib, janjal oqibatida uning bo‘yin qismiga bolta bilan urishi natijasida o‘ldirganligi aniqlangan.
Ushbu kuni Buxoro shahrida ham xuddi shu kabi mudhish jinoyat sodir etilib, soat 21:00 larda Buxoro shahar, Xo‘ja Nurobod ko‘chasi, 85-uyda yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan Abdullayev Olim Sanjarovich mast holda uyiga kelib, uyda otasi 1953 yilda tug‘ilgan nafaqadagi Abdullayev Sanjar Asatullayevich bilan o‘zaro janjal qilib, otasi S.Abdullayevni oshxona pichog‘i bilan ko‘krak qismiga bir necha marotaba urib qasddan o‘ldirgan.
Mazkur har ikkala holat yuzasidan qotillik jinoyatiga qo‘l urgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026