Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda dovul vaqtida ikki kishi halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Taraz shahrida dovul vaqtida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Kazinform" axborot agentligi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ikki ishchi uy qurilishi maydonchasida halok bo‘lgan.
"Ishchilar dovul vaqtida shamol bostirmadan shiferni uchirib tashlayotganda, uni qoqib qo‘ygani tepaga ko‘tarilishgan. Shamol ularni tomdan itqitib yuborgan", deb ma'lum qilindi xabarda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Tarazda shamol tezligi 18 m/soniyani tashkil qilgan, ba'zida 27 m/soniyagacha yetgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 may kuni Moskvada ham vayronkor dovul kuzatildi. Uning oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohat olgan. Ko‘plab daraxtlar ildizi bilan qo‘porilib tashlangan, binolarning tomlariga shikast yetgan.

Mavzuga oid
14:40 / 01.11.2025
Karibda inqiroz: «Melissa» dovuli qurbonlar va milliardlab zarar qoldirdi
09:35 / 29.10.2025
Yamaykaga tarixidagi eng kuchli «Melissa» dovuli yopirildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025