O‘zbekiston | 00:24 / 30.05.2017
15231
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish Dasturi qabul qilindi

Foto: O‘zA

2017 yil 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «2017–2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qaror matni O‘zA rasmiy saytida e'lon qilindi.

2017–2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qabul qilingan Dastur doirasida 42 ta yangi gidroelektrostansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilish hisobiga 2025 yilga qadar respublikamizning ekologik toza gidroenergiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobarga oshirish nazarda tutilmoqda.

Qarorga ko‘ra quyidagilar 2017–2021 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida innovatsiya texnologiyalarini, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi jihozlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni, jumladan, texnologiyalarni transfer qilish va muhandislik markazlarini tashkil etish yo‘li bilan kengaytirish;
  • qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan, ikkilamchi energetika resurslarini energetik utilizatsiya qilishdan foydalangan holda, elektr energiya ishlab chiqarish, quyosh, shamol energiyasi, mikro va kichik gidroelektrostansiyalardan foydalanishning sinovdan o‘tgan texnologiyalari asosida energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish orqali yoqilg‘i-energetika balansini diversifikatsiyalash;
  • zamonaviy energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalari asosida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va yangilarini yaratish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar energiya sig‘imini kamaytirish.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti parametrlarini shakllantirishda byudjyet tashkilotlarining xarajatlar smetasida, shuningdek, mahalliy byudjyetlar qo‘rsatkichlarida Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun zarur mablag‘larni asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra nazarda tutadi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid