Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: Venesuelada namoyishchilar o‘ldirilmoqda va hibsga olinmoqda
Venesuela politsiyasi ikki oy oldin boshlangan va hamon davom etayotgan hukumatga qarshi namoyishlar davomida deyarli uch ming kishini hibs qilgan. Bu haqda huquq himoyachilariga asoslangan holda mahalliy nashrlar yozmoqda.
Foro Penal nodavlat tashkiloti rahbari Alfredo Romero bergan ma'lumotga ko‘ra, namoyishlar davomida politsiya 2 ming 977 kishini qo‘lga olgan, ulardan 1,351 nafari hamon hibsda qolmoqda.
Shu kunlarda yana Karakasdagi namoyishlarga ikki mingga yaqin kishi chiqqan. Politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘lladi.
Venesueladagi ommaviy norozilik namoyishlari shu yilning 1 aprelida prezident Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlovchi Venesuela Oliy sudi Milliy assambleya (parlament) o‘rniga o‘zini qonunchilik organi deb e'lon qilib, deputatlarni immunitetdan mahrum etish haqida qaror chiqarganidan keyin boshlangandi.
Namoyishchilar navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tkazishni va parlament vakolatlarini tiklab, iqtisodiy islohotlar jarayonini boshlashni talab etmoqda.
Prezident Nikolas Maduro qonunlarni inkor etishda, shuningdek, siyosiy muxolifatga bosim o‘tkazish hamda mamlakatdagi iqtisodiy muammolar yuzaga kelishida ayblanmoqda.
O‘tgan vaqt ichida politsiya bilan to‘qnashuvlar davomida 69 kishi kishi halok bo‘ldi.
Namoyishchilarni tarqatishda o‘tochar qurollardan va rezina o‘qlardan ham foydalanilmoqda. Namoyishchilar esa politsiyaga toshlar va butilkalar uloqtirmoqda, ko‘chalarda mashinalarga o‘t qo‘ymoqda.










Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026