Jahon | 20:24 / 31.05.2017
23775
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik ayol onasining jasadini muzlatgichda 7 yil saqlab kelgan

Foto: maxppp

Fransiyaning Landi departamentida yashovchi ayol marhum onasining pensiyasini olish uchun uning jasadini muzlatgichda kamida 7 yil saqlagan, deb xabar bermoqda France Info portali. 

50 yoshli ayol firibgarlik ishi bo‘yicha jandarmeriyaga chaqirilgan. Ayol ish bo‘yicha tushuntirish berayotganda, 83 yoshida vafot etgan onasining jasadi hanuzgacha ko‘milmagani va uni bog‘ ichida yashirilgan, ishlamaydigan muzlatgichda saqlayotganini tan olgan. 

"Qurilma chiriyotgan jasadni yashirish uchungina ishlatilgan. Tergov ayol o‘z o‘limi bilan vafot etganini aniqlashi kerak", deb aytgan ish bilan tanish bo‘lgan manba.

Ma'lum qilinishicha, vafot etgan ayolning pensiyasi deyarli 2 ming yevroni tashkil qilgan.

LCI telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, ayol 2010 yilda vafot etgan, biroq u haqda 2007 yildan boshlab hech narsa ma'lum bo‘lmagan. Ta'kidlanishicha, jasad yaqin orada ekspertiza qilinadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid