Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro Press-klubda Rog‘un GESi, daraxtlar kesilishi, ekoturizm, chiqindilar muammosiga doir savollarga javob berildi
Xalqaro Press-klubning 31 may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Ekologiya haftaligi-2017" ochilish marosimiga bag‘ishlangan sessiyasida atrof-muhit muhofazasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va undagi muammolar haqida so‘z yuritildi.
Yig‘ilishning ikkinchi qismida OAV vakillarining savollariga javob berildi. Tadbirda ishtirok etgan "Kun.uz" xodimiga ko‘ra, savollar O‘zbekistonda daraxtlarning kesilishi, Rog‘un GESi, Parij Konventsiyasi, Orol dengizi muammosi, chiqindilarni qayta ishlash kabi mavzularga oid bo‘ldi. Quyida javoblar mazmuni keltiriladi:
1. O‘zbekiston Rog‘un GESi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaydi.
2. Parij Konventsiyasi iqlimning o‘zgarishlari bo‘yicha davlat oldiga qo‘yilgan talablarni o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarish sur'ati pasaymagan. 55 mamlakat issiqxona gazlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarsagina, Konventsiya shartlari bajarilgan hisoblanadi.
3. 2016 yilda 4 mingdan ortiq daraxt kesilgan. Shu o‘rinda, ta'kidlash joizki, kuni kecha Moskvada kuzatilgan dovul ko‘plab kishilarning halok bo‘lishiga olib keldi va ulardan ba'zilari daraxtlar ostida qolib ketdi. Bu esa shaharda mazkur yo‘nalishda kerakli choralar ko‘rilmaganidan dalolat beradi. Noqonuniy daraxt kesuvchilarga qarshi esa, birgalikda kurashish zarurligi ta'kidlandi.
4. Turizmga doir yangi qonun ishlab chiqilmoqda. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. Biroq shunga munosib infratuzilma yaratish kerak.
5. Qishloq joylarida energosamaradorlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
6. Chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha - Ohangarondagi poligon yopilib, xalqaro standartlarga javob beruvchi yangi poligon quriladi.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
18:15 / 25.06.2026
«Kun.uz» muxbiri Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan prezident tomonidan taqdirlandi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
13:42 / 16.03.2026