Jahon | 17:40 / 01.06.2017
22324
1 daqiqa o‘qiladi

1 iyun kuni Yer sayyorasiga yaqin masofadan gigant asteroid uchib o‘tadi

Illyustrativ foto

Yozning birinchi kunida Yerga nisbatan yaqin masofadan gigant asteroid uchib o‘tadi. Bu haqida RT xabar berdi

Manbaga ko‘ra, osmon jismi moviy sayyoraga juda yaqin - atigi 3 million kilometrga yaqin masofadan o‘tadi, bu koinot kengliklarida juda yaqin masofa sanaladi. 

Astronomlar, umuman olganda, asteroid Yerga tahdid tug‘dirmaydi deyishsa-da, u sayyoramiz uchun xavfli obekt hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, astreoid diametri - taxminan 900 metr.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid