O‘zbekiston | 18:11 / 01.06.2017
9512
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi tomonidan yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon-martaba darajalari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Adliya vazirining 2017 yil 31 may kungi buyrug‘i bilan davlat organlari va tashkilotlarining 8 nafar yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari xodimlariga belgilangan martaba darajalari berildi

Jumladan, ushbu buyruq bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent viloyat hokimligi, Intellektual mulk agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa AK, “O‘zbekenergo” AJ yuridik xizmati xodimlari maxsus unvon-martaba darajalariga ega bo‘lishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid