Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya fuqarolariga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh Shimoliy Koreya yadroviy dasturi rivojlantirilishi bilan bog‘liq holda Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi.
Bayonotda ta'kidlanishicha, sanksiya ostiga Shimoliy Koreyaning Korea Tangun Trading Corporation kompaniyasi bilan bog‘langan rossiyalik Igor Michurin tushgan.
Avvalroq Italiyaning Taormina shahrida o‘tgan G7 sammiti yakunlariga ko‘ra, yettilik davlatlari yetakchilari Pxenyanga nisbatan bosimni kuchaytirishga kelishib olishgandi. Rossiya bunday yondashuvni nomaqbul deb atagan.
"Rossiya hech qachon sanksiyalar bilan muloqot qilish tarafdori bo‘lmagan. Biz buni mavhum va istiqbolsiz yondashuv deb hisoblaymiz", deb aytgan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Mavzuga oid
20:25
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
08:46