Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar tuzning organizm uchun qanday xavf tug‘dirishini ma'lum qilishdi
Amerikalik tadqiqotchilarning ma'lum qilishicha, tuzni oziq-ovqat mahsulotlari bilan haddan ziyod ko‘p iste'mol qilish qator kasalliklar va hatto erta o‘lim holatiga ham olib kelishi mumkin. Bu haqida "Telegraf" nashrida ma'lum qilindi.
Tuz ayniqsa insonning yurak-qon tomir tizimi uchun xavflidir.
Ba'zi tashkilotlar qadoqlarda tuzning miqdori va unga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj foizi aniq ko‘rsatilishi uchun oziq-ovqat gigantlari bilan faol kurash olib borishadi. Hozircha kamdan-kam ishlab chiqaruvchilar bunday shartlarga ko‘nishadi - bular asosan eko-mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalardir.
Ta'kidlash joizki, tuzga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 5 grammni tashkil qiladi. Biroq bu normaga hamma ham rioya qilavermaydi. Kolbasa, pishloq, non, pechenelar - hammasida tuz bor. Olimlarning fikricha, fast-fud mahsulotlaridan voz kechish tuz iste'molini me'yorga keltiradi.
Tuz miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlardan voz kechilsa, yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan o‘lim holatini 18 foizga kamaytirish imkonini beradi. Ta'kidlash joizki, natriy xloriddan to‘liq voz kechish ham maqsadga muvofiq emas.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026