21:11 / 01.06.2017
17836

Rossiya prezidenti saylovlari haqidagi qonunga yangi o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident saylovlari haqidagi qonunga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tasdiqladi. Tegishli hujjat avvalroq Davlat dumasi tomondan qabul qilingan va Federatsiya kengashi tomondan ma'qullangan.

O‘zgartirishlar saylovlarni tashkillashtirish va saylov kampaniyasini o‘zgartirishga taalluqli bo‘ladi. Shuningdek, Putin saylovchiga istalgan saylov uchastkasida ovoz berish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalarning bekor qilinishi haqidagi qonunni imzoladi.

O‘zgartirishlar paketi saylov uchastkalarini tashkil etish, nomzodlarni taklif qilish va ro‘yxatga olish, saylovoldi tashviqoti o‘tkazish, saylovlarni moliyalashtirish qoidalariga aniqlik kiritadi. Hujjat ovoz berish xonalarida videokuzatuv va tasvirni namoyish qilishga ruxsat beradi.

Ovoz berish kuni boshqa joyda bo‘lgan saylovchi mahalliy saylov komissiyasiga ayni vaqtda bo‘lgan joyi bo‘yicha o‘zini saylovchilar ro‘yxatiga kiritish haqidagi arizani berishi mumkin. Agar bunday odam ovoz berish kuni yashash joyi bo‘yicha saylov uchastkasiga saylov bergani yetib kela olsa, unda saylov uchastkasi komissiya qarori bilangina ovoz bera oladi. Bunda komissiya saylovchi arizada ko‘rsatgan joyi bo‘yicha ovoz bermaganiga ishonch hosil qilishi lozim.

Bundan tashqari, yangi qonunga ko‘ra bir martadan ko‘proq ovoz berganlik va saylov o‘tishi bilan bog‘liq boshqa qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori oshiriladi.

Qonunlarda saylov uchastkalarining 5 yilga shakllantirilishini istisno qilish va ularning ro‘yxati va chegaralarini, jumladan, maydalash, ya'ni saylov uchastkalaridagi saylovchilarning maksimal sonini 3 mingdan 1,5 minggacha kamaytirish yo‘li bilan qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi.  

Shuningdek, prezident saylovlari sanasini belgilash jarayoni ham o‘zgaradi. Agar odatda prezident saylovlari o‘tkaziladigan mart oyining ikkinchi yakshanbasi bayramdan keyingi kunga yoki bayramning ko‘chirilishi munosabati bilan ish kuniga to‘g‘ri kelsa, unda ovoz berish kuni mart oyining 1-yakshanbasiga emas, 3-yakshanbasiga ko‘chiriladi. 2018 yilda bu sana 18 martga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid
Top